“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida yoshlarimiz tarixiy yutuqqa erishdi. 1946 nafar iste’dodli yosh muhandis bir vaqtning o‘zida 1946 ta kichik robotni yig‘ib, ulkan natija qayd etdi. Ushbu yutuq O‘zbekiston nomini yana bir bor “Ginnes rekordlar kitobi” sahifalariga yozdirishga sabab bo‘ldi.
Bu jarayonda Toshkent viloyati yoshlari nomidan ishtirok etgan TDTU Olmaliq filiali talabalari o‘zlarining ilmiy-texnik salohiyatini namoyish etdi hamda izlanuvchanlik, jamoaviy hamjihatlik va yangilik yaratishga bo‘lgan intilishni ham namoyon etishdi.
Muhandislik missiyasi doirasida robotlar yasash bo‘yicha Ginnes rekordini o‘rnatgan O‘zbekiston yoshlari qatorida TDTU Olmaliq filiali talabalari ham maxsus sertifikat bilan taqdirlandilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarori asosida tasdiqlangan “Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi…
Olmaliq davlat texnika instituti hamda “Ammofos-maxam”aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan korxonaning yosh salohiyatli ishchi-xodimlarini talabalikka tayyorlash uchun tayyorlov-o‘quv kurslari tashkil etildi. Tayyorlov-o‘quv kurslarida institutning…