Olmaliq davlat texnika institutiga Xitoyning “HAIWANG” kompaniyasi vakillari tashrif buyurdi. Tashrif avvalida mehmonlar institut rahbariyati bilan uchrashib, HAIWANG kompaniyasi va ODTI o‘rtasida kelgusida hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi.
So‘ngra kompaniya vitse-prezidenti Jiang Runping, texnik direktori Vang Jian va tijorat direktori Vang Zhengwei institutning o‘quv laboratoriyalari, tajriba-sinov markazlari hamda Konchilik ishi fakulteti faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Mehmonlar talabalarning ilmiy-amaliy ishlari va boyitish texnologiyalari bo‘yicha olib borayotgan tajribalari bo’yicha qiziqdilar hamda fikr almashdilar.
Loading...

