Flat Preloader Icon Loading...

Talabalar uchun huquqiy seminar o‘tkazildi

ODTI talabalari uchun birinchi prorektor, PhD, dotsent B.Djamiyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 1-moddasi mazmun -mohiyati haqida huquqiy seminar o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 1-moddasida mamlakatimiz “suveren demokratik respublika” ekani mustahkamlab qoʻyilgan. Bu norma O‘zbekistonning davlat sifatida mustaqil ekanini, ichki va tashqi siyosatini erkin yuritishini anglatadi. “Demokratik respublika” iborasi esa davlat hokimiyati xalqqa tegishli ekani, hokimiyat tarmoqlari oʻrtasidagi muvozanat va huquqiy kafolatlar orqali amalga oshirilishini koʻrsatadi.

Seminarda ushbu moddaning tarixiy asoslari, uning mustaqillikni mustahkamlashdagi oʻrni, shuningdek, demokratik tamoyillarni hayotga tatbiq etish boʻyicha amaliy misollar muhokama qilindi.

Scroll to Top