✅O‘zbekiston Ma’rifatparvarlar jamiyatining tashabbusi bilan 29-noyabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Yoshlar va korrupsiyaga qarshi immunitet” loyihasi doirasida tashkil etilgan “Qalam – qurolim, halollik – g‘oyam” karikaturalar tanlovida “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi 3-bosqish talabasi Anarbayeva Zilola Ilxomjon qizi ham ishtirok etdi.
Mazkur karikaturalar tanlovida 34 ta oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etishdi.
📌Tanlovda Anarbayeva Zilola Ilxomjon qizi — Olmaliq davlat texnika instituti talabasi, faxrli 2-o‘rinni egalladi.
G‘oliblar quyidagi tartibda taqdirlandi:
🥇 1-o‘rin — 1 200 000 so‘m
🥈 2-o‘rin — 1 100 000 so‘m
🥉 3-o‘rin — 1 000 000 so‘m
🔹Zilolani chin dildan tabriklaymiz!
Loading...
