Olmaliq davlat texnika instituti hamda MTTU MISIS Olmaliq filiali professor-o‘qituvchilari grant loyihasi doirasida ilmiy-amaliy tajriba ishlarini olib bormoqdalar.
Tadqiqotlar OKMKning Qalmoqqir konida o‘tkazilib, ularning asosiy yo‘nalishi — foydali qazilma konlarida skvajinalarni penagel yordamida zaryadlash texnologiyasini ishlab chiqishga qaratildi.
Mazkur tajribalar konchilik sohasida portlatish ishlarining xavfsizligi va samaradorligini oshirish, shuningdek zamonaviy, ekologik xavfsiz texnologiyalarni joriy etishga xizmat qiladi.
Loading...

