Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari tashkil topganining 120 yilligi munosabati bilan Olmaliq davlat texnika institutida tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda ODTI rektori v.v.b. texnika fanlari doktori Oʻ.Xalikulov mehnatkashlar manfaatlarini himoya qilish yoʻlida Kasaba uyushmasining ahamiyati haqida soʻz yuritdi. Oʻzbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi shahar boʻlinmasi Kengashi raisi B.Musayev tadbir ishtirokchilarini bayram bilan tabriklab, boʻlinma nomidan eng faol kasaba uyushmasi a’zolariga tashakkurnoma va qimmatbaho sovgʻalarni topshirdi. Yuridik xizmat koʻrsatish markazi adliya bosh yurist konsulti N.Maxammedov mehnatkashlarning huquqlari haqida keng tushuncha berdi.
Tadbirning ikkinchi qismida ODTI Kasaba uyushmasi raisi N.Nosirovning 2024-2025 yillarda amalga oshirgan ishlari haqida hisoboti tinglandi. Shuningdek, jamoaning yashirin ovoz berish yoʻli bilan ODTI Kasaba uyushmasi raisligiga Azimjon Bektayev saylandi.
Loading...

