Flat Preloader Icon Loading...

Oʻzbekiston – millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik yurti

Bugun Energetika va mashinasozlik hamda Konchilik fakultetlarida “Oʻzbekiston – millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik yurti” mavzusidagi madaniyat festivali tashkil etildi.

Festival millatlararo totuvlik, doʻstlik va bagʻrikenglik tamoyillarini targʻib qilish, talabalarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuygʻusini kuchaytirish maqsadida oʻtkazildi. Talabalar oʻrtasida millatlararo totuvlik va bagʻrikenglik gʻoyalarini keng targʻib qilish, turli millat vakillari madaniyati, urf-odatlari, sanʼati va anʼanalarini namoyish etish, talabalarni faol ijtimoiy hayotga jalb qilish, doʻstlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlovchi tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash g`oyalari dastur davomida tarannum etildi.

Scroll to Top