Olmaliq davlat texnika instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida “Korrupsiyasiz ta’lim – yorug‘ kelajak kafolati” mavzusida “Eng yaxshi insho” tanlovi o‘tkazilishini ma’lum qilamiz.
Tanlov sanasi: 18-noyabr, soat 12:30
Joy: Konchilik ishi fakulteti kutubxonasi
Tanlov shartlari:
Ishtirokchilar inshoda tanlangan mavzuni to‘liq yoritishlari, tanqidiy fikr va asosli dalillar keltirishlari, boshqa manbalardan ko‘chirgan matnlardan foydalanmasliklari lozim. Shuningdek, imlo, uslub va tinish belgilariga e’tibor qaratilishi talab etiladi.
G‘olib bo‘lgan talabalar diplomlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.
Loading...

