Flat Preloader Icon Loading...

Kiber jinoyatlarning asosiy turlari. Foydali tavsiyalar.

Bugun Olmaliq davlat texnika instituti talabalari bilan uchrashuvda Toshkent viloyati IIBB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Ibrohimov boshchiligidagi mutaxassislar tomonidan “Kiber jinoyatlarning asosiy turlari. Foydali tavsiyalar” mavzusida keng ma’lumotlar berildi.

Bugungi kunda internet hayotimizning bir qismiga aylangan, ammo kiberjinoyatlar xavfi ham ortmoqda.

Talabalar quyidagi oddiy qoidalarga rioya qilishlari kerak:
Kuchli parollar ishlating va ularni muntazam yangilang.
Shaxsiy ma’lumotlaringizni begonalarga bermang.
Shubhali havolalar va xabarlarni ochmang.
Antivirus dasturidan foydalaning.
Ijtimoiy tarmoqlarda ehtiyotkor bo‘ling.

Raqamli xavfsizlik — har bir talabaga zarur ko‘nikma. Internetdan foydalanganda hushyor bo‘ling va ma’lumotlaringizni himoya qiling.

Scroll to Top