Flat Preloader Icon Loading...

Istiqbolli qo‘shma loyihalar yo’lida

Kuni kecha Olmaliq davlat texnika instituti va Koreya Respublikasining KITECH kompaniyasi oʻrtasida ta’lim va ilmiy-tadqiqot sohasida tajriba almashish, kon muhandisligi yoʻnalishida yangi istiqbolli qo‘shma loyihalarni bajarish va innovatsion texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuvda KITECH kompaniyasi a’zolari ODTI laboratoriyalari bilan yaqindan tanishtirildi va Institut rahbariyati bilan muzokaralar olib borildi. Bunda texnogen chiqindilarni qayta ishlash, texnogen suvlarni tozalash, axborot texnologiyalarini kon muhandisligida tadbiq etish va boshqa mavzularda fikr almashinildi. Tomonlar hamkorlik yoʻnalishlarini belgilab beruvchi anglashuv memorandumini imzolashni kelishib oldilar.

Scroll to Top