Ishlar boshqarmasi
Suttiboyev Bekzod Eshboyevich
Lavozimi: Ishlar boshqarmasi boshlig’i
Qabul vaqti : dushanba-juma, soat 9:00 dan 17:00 gacha
Telefon : +99899 858 82 12
E-mail : b.suttibaev1982@mail.ru
Biografiya:
2005-2007 yy.-Ohangaron tumani Moliya bo‘limi “Byudjet inspeksiyasi” bo‘limida bosh iqtisodchi
2007-2008 yy.-Ohangaron tumani bo‘yicha G‘aznachilik bo‘linmasida Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatga olish va narx monitoringi guruhi bosh inspektori.
2008-2008 yy.-Ohangaron tumani bo‘yicha G‘aznachilik bo‘linmasida Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatga olish va narx monitoringi guruhi rahbari.
2008-2008 yy.-G‘aznachilik operatsiyalari nazorati bo‘yicha bosh mutaxassis
2008-2010 yy.- Ohangaron tumani bo‘yicha G‘aznachilik bo‘linmasi boshlig‘i.
2010-2011 yy.- Ohangaron shahri bo‘yicha G‘aznachilik bo‘linmasi boshlig‘i
2011-2011 yy.-Ohangaron tumani bo‘yicha G‘aznachilik bo‘linmasi boshlig‘i o‘rinbosari – yuridik majburiyatlarni ro‘yxatga olish va narx monitoringi sektori boshlig‘i.
2011-2015 yy-Ohangaron tumani bo‘yicha G‘aznachilik bo‘linmasi boshlig‘i
2015-2017 yy- Olmaliq shahri bo‘yicha G‘aznachilik bo‘linmasi boshlig‘i
2017-2019 yy- Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha filial direktorining o‘rinbosari
2019-yil -h.v.- Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali Ishlar boshqarmasi boshlig`i lavozimida faoliyat ko`rsatib kelmoqda.
ISHLAR BOSHQARMASI BOSHLIG‘INING LAVOZIM VAZIFALARI:
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident Farmonlari va Farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim, sog‘liqni saqlash va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini, Olmaliq davlat texnika instituti Kengashi qarorlarini, Olmaliq davlat texnika instituti rektorining buyruq va topshiriqlarining bajarilishini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Ishlar boshqarmasi to‘g‘risida Nizom, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ma’muriy-xo‘jalik boshqarmasi to‘g‘risida Nizomlarga asosan faoliyatini tashkil etish;
Olmaliq davlat texnika instituti tuzilmasi bo‘yicha ishlar boshqarmasi boshlig‘iga bo‘ysinuvchi bo‘limlar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish;
Olmaliq davlat texnika institutida “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa ta’limga oid qonunlarda ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasida o‘qitishning zamonaviy texnik vositalari yordamida o‘tilishini tashkil etish hamda bino- inshootlar, o‘quv xonalari, auditoriyalar, o‘quv laboratoriyalar va ma’ruza zallarini joriy va kapital ta’mirlash masalalari bo‘yicha rektorga takliflar kiritish va ishlarni tashkil qilish;
Olmaliq davlat texnika institutining moddiy qimmatliklar va texnik vositalarga, yoqilg‘i-moylash materiallariga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash, tahlil qilish hamda xarid qilish yuzasidan rektorga takliflar kiritish;
Olmaliq davlat texnika institutida mehnatni muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlarni oldini olish, texnika va yong‘in xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqilishi va bajarilishini amalga oshirish;
Ishlar boshqaruvchisiga tasarrufidagi bo‘limlar bo‘yicha mehnat va ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari ko‘rish, ular bilan mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha rektorga takliflar kiritish;
Olmaliq davlat texnika instituti moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, Olmaliq davlat texnika instituti bino-inshootlarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil qilish va amalga oshirish;
Olmaliq davlat texnika instituti, bino-inshootlari va talabalar turar joylarida kommunal xizmat turlarining barqaror ishlashini ta’minlanish;
Olmaliq davlat texnika institutining yordamchi xo‘jaliklari va madaniy dam olish maskanlari faoliyatini tashkil qilish va nazoratini amalga oshirish;
Olmaliq davlat texnika instituti xo‘jalik faoliyatini barqaror ishlashini ta’minlash, qora, rangli metal, makulatura rejasini bajarilishini ta’minlash;
Olmaliq davlat texnika instituti bino-inshootlari, talabalar turar joylarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqilishini tashkil etish va bajarilishini nazorat qilish; Olmaliq davlat texnika institutining barcha binolari va talabalar turar joylarida texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlarining navbatchilik jadvallarini tuzilishini tashkil qilish va nazoratni amalga oshirish;
Olmaliq davlat texnika institutining xo‘jalik-boshqaruv ishlari bo‘yicha hisobotlarni tahlil qilish va belgilangan muddatlarda tegishli yuqori organlarga taqdim etilishini nazorat qilish;
Olmaliq davlat texnika instituti rektori tomonidan tasdiqlangan jadval asosida jismoniy va yuridik shaxslarning og‘zaki qabulini amalga oshirish hamda murojaatlarni ko‘rib chiqish;
Bilishi kerak:
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident Farmonlari va Farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim, sog‘liqni saqlash va xo‘jalik boshqaruvi sohasidagi qarorlarini mohiyatini bilish.
Malaka talablari:
Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim, xo‘jalik boshqaruvi sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;
Namunaviy shaxsiy fazilatlarga, intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga;
Rahbarlik lavozimlarida kamida 5 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur.
Loading...
