Olmaliq davlat texnika instituti hamda “Ammofos-maxam”aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan korxonaning yosh salohiyatli ishchi-xodimlarini talabalikka tayyorlash uchun tayyorlov-o‘quv kurslari tashkil etildi.
Tayyorlov-o‘quv kurslarida institutning Matematika va tabiiy fanlar kafedrasi mudiri PhD R.Mirzaaxmedov kimyo fanidan, J.Jonqobilov matematika fanidan, Sh.Qo‘chqorov fizika fanidan ishchi-xodimlarga dars mashg`ulotlarini olib bormoqdalar.
Korxona ishchi-xodimlarini oliy ta`lim bilan qamrab olish uchun professor-o‘qituvchilar o‘z salohiyatlarini safarbar etmoqdalar.
Loading...

