Barcha fakultetlarida Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi tomonidan targ‘ibot uchrashuvlari o‘tkazildi. Tadbirning asosiy maqsadi — iqtidorli talabalarni aniqlash, ularni ilmiy-texnik va innovatsion faoliyatga jalb etish, shuningdek, nomdor stipendiyalar va respublika, xalqaro tanlovlarda ishtirok etish imkoniyatlari haqida ma’lumot berishdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuv davomida talabalarga nomdor davlat stipendiyalariga tayyorlanish tartibi, startap va ilmiy loyihalar bo‘yicha imkoniyatlar, ilmiy maqolalar yozish, konferensiyalarda qatnashish hamda mentorlik tizimi haqida keng tushuntirishlar berildi. Shuningdek, yutuqlarga erishgan talabalar o‘z tajribasi bilan bo‘lishib, yoshlarni ilmiy izlanish va o‘z ustida ishlashga undadilar.
Targ‘ibot uchrashuvi talabalar bilan jonli muloqot ruhida o‘tdi va ko‘plab yoshlar iqtidorli talabalar klubiga qo‘shilish istagini bildirdilar. Agar siz ham o‘z salohiyatingizni namoyon etishni istasangiz, iqtidorli talabalar klubi siz uchun ochiq.
Loading...

