O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-sonli qarori asosida Olmaliq davlat texnika institutida bitiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ishga joylashishi va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur qaror doirasida institutda Milliy bank AJning “Kelajakka qadam” markazi hududiy bo‘linmasi faoliyat yuritmoqda.
Markazning asosiy vazifalari:
- bitiruvchilarning biznes g‘oyalarini amalga oshirishga ko‘maklashish;
- tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash;
- yoshlarning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga xizmat qilish.
Milliy bank tomonidan bitiruvchilar uchun 10 mln so‘mdan 300 mln so‘mgacha, shuningdek, 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan imtiyozli kreditlar ajratilishi ko‘zda tutilgan. Bu imkoniyat sizga o‘z biznesingizni yo‘lga qo‘yish, yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi.
Murojaat uchun:
Milliy bank “Kelajakka qadam” markazining institutdagi hududiy bo‘linmasi — @shakhzod2610
Institut Karyera va bandlik markazi — @Anarboyev_AA
(https://tsue.uz/oz/news/tdiu-talabalari-diqqat)
Loading...

