Flat Preloader Icon Loading...

REKTOR

XALIKULOV UTKIR MIRZAKAMOLOVICH

Lavozimi : Rektor v.v.b
Ilmiy darajasi: Texnika fanlari doktori, dotsent
Qabul vaqti: Ish kunlari soat 9:00 dan 17:00 gacha
Telefon: +998(55) 902-17-72
E-mail: u.xalikulov@odti.uz

Tug’ilgan vaqti va joyi: 19.10.1977 yil, Toshkent viloyati, Bekobod tumani

O’quv muassasasi, tugatgan yili: Toshkent davlat texnika universitati, 2001-yil

Ilmiy darajasi, unvoni: Texnika fanlari  doktori (DSc), dotsent

Ilmiy, ilmiy-tashkiliy va pedagogik faoliyati bilan bog’liq boshqa biografik ma’lumotlar:

2001-2002 yy. – Toshkent davlat texnika universiteti «Metallurgiya» kafedrasi assistenti

2002-2003 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti ilmiy hodimi

2003-2005 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti katta ilmiy hodimi

2005-2008 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti yetakchi ilmiy hodimi

2008-2009 yy. – «ADEN Building» xususiy korxonasi rahbari

2009-2009 yy. – Toshkent quvur zavodi korxonasi seh boshlig‘i

2009–2016 yy.  – «ADEN Building» xususiy korxonasi rahbari

2016–2017 yy.  – Toshkent davlat texnika universiteti «Metallurgiya» kafedrasi assistenti

2017–2018 yy.  – I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali monitoring va ichki nazorat sektori mudiri

2018–2018 yy.  – Toshkent davlat texnika universiteti «Metallurgiya» kafedrasi katta o‘qituvchisi

2018– 2025 yy. – Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISIS»ning Olmaliq shahridagi filiali direktori o‘rinbosari-ishlar boshqarmasi boshlig‘i

2025-yil 22-oktyabridan Olmaliq davlat texnika instituti rektori vazifasini bajaruvchi

REKTORNING LAVOZIM VAZIFALARI:

  1. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident Farmonlari va Farmoyishlari, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi va Sog‘liqni saqlash hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar Vazirliklarining ta’lim, sog‘liqni saqlash va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarining bajarilishini tashkil etish;
  2. Davlat ta’lim standartlari asosida yuksak ma’naviy-ahloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir bo‘lgan, bozor iqtisodiyoti sharoitida ishni tashkil etishning usullarini egallagan, yuqori ma’lumotli, malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
  3. Olmaliq davlat texnika instituti tarkibiy tuzilmasidagi barcha bo‘linmalar vakolatlarini belgilab berish, faoliyatlarini rejalashtirish, muvofiqlashtirish, boshqarish, Olmaliq davlat texnika institutining boshqaruv lavozimlariga munosib kadrlarni tayyorlash, xodimlarni tanlash, rahbarlik lavozimlariga tavsiya etish va ishga qabul qilish;
  4. Xodimlar va talabalarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, ijtimoiy muhofazasini ta’minlash, intizomiy jazo choralarini qo‘llash;
  5. Olmaliq davlat texnika institutining daromadlari shakllantirilishi va ulardan samarali foydalanilishi ustidan nazorat qilish;
  6. Ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, ularning samaradorligini oshirish va tadqiqotlarning natijalarini amaliyotga keng joriy etish, oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o‘zaro integratsiyasini ta’minlash;
  7. Uzluksiz ta’lim tizimi uchun yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish konsesiyasi talablariga muvofiq darsliklar va o‘quv-metodik adabiyotlar yaratilishi, tarjima qilinishi va nashr etilishini tashkil etish;
  8. O‘quv-tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan, masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
  9. Ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarga rahbarlik qilish, xodimlar va talabalar ongida milliy g‘oyani shakllantirish;
  10. Talabalikka, magistratura, klinik ordinatura, malaka oshirish va qayta tayyorlash kursantligiga hamda katta ilmiy xodim va mustaqil izlanuvchilarni Olmaliq davlat texnika institutiga qabul qilish, intizomiy jazo choralari qo‘llash, o‘qishdan chetlatish va qayta tiklashni amalga oshirish;
  11. Professor-o‘qituvchilarning kasbiy malaka oshirishlarini ta’minlash;
  12. Fakultetlar va kafedralar faoliyati, o‘quv jarayoni, ma’ruzalar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari, boshqa turdagi mashg‘ulotlar sifatining doimiy nazorat etilishini ta’minlash;
  13. Olmaliq davlat texnika institutida mutaxassislar tayyorlanadigan yo‘nalish va ixtisosliklar sohasining rivojlanish istiqbollarini aniqlashga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish (ilmiy- amaliy konferensiyalar o‘tkazish, xalqaro anjumanlarda ishtirok etish, axborot makonidan foydalanish sharoitlarini yaratish, fan-texnika, texnologiyalar rivojlanishiga taalluqli adabiyot, informatsion materiallarni keltirish), buning asosida davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari, o‘quv adabiyotlarini takomillashtirib borishni ta’minlash, ilmiy izlanishlarni yo‘naltirib borish;
  14. Marketing xizmatini rivojlantirib, ta’lim yo‘nalishi va ixtisosliklarga talab va ehtiyojni o‘rganishni, bitiruvchilarni amalda ishga joylashishi tahlilini, mutaxassislarni maqsadli tayyorlash borasida hamkorlik shartnomalari tuzishni tashkil etish;
  15. Olmaliq davlat texnika institutining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  16. Oliy ta’lim muassasasi Kengashi, vasiylik hamda ixtisoslashgan kengashlarga rahbarlik qilish;
  17. Oliy ta’lim muassasasining Ustavini tasdiqlash hamda Olmaliq davlat texnika instituti tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, tarkibiy bo‘linmalarini tashkil etish, o‘zgartirish va tugatish;
  18. Xorijiy hamkorlar bilan ilmiy-ijodiy aloqalarni rivojlantirish, investitsiya va grantlar jalb etilishini ta’minlash, qo‘shma korxona (kafedra, ilmiy markaz, ilmiy tadqiqotlar, loyihalar va h.k.)lar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish;
  19. Jamoat tashkilotlari, vasiylar kengashi va boshqa shu kabi nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik faoliyatini olib borish;
  20. Ta’lim jarayonini boshqarish bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan belgilangan boshqa vazifalar ijrosini ta’minlash.
  21. Olmaliq davlat texnika institutining barcha xodimlari, talabalari va boshqa ta’lim oluvchilar uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar, farmoyishlar hamda topshiriqlar chiqarish;
  22. Prorektorlarning aniq majburiyatlari va masu’lligini belgilash;
  23. Qonunchilikda belgilangan tartibda professor-o‘qituvchilar, xodimlar va ilmiy pedogog xodimlarni ishga qabul qilish, mehnat ta’tillari berish, xizmat safarlariga yuborish hamda ishdan bo‘shatishni amalga oshirish;
  24. Olmaliq davlat texnika institutining Ichki tartib qoidalari, Odob-ahloq qoidalari, “Kiyinish madaniyati to‘g‘risida”gi Nizom, “Talabalar turar joyi” Nizomi va boshqa ichki me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash;
  25. Xodimlarning mehnatini, ta’lim oluvchilarning o‘qishini tashkil etish, o‘qish sifatini oshirish hamda mehnat unumdorligini yuksaltirish, shuningdek qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida, to‘lov-kontrakt asosida mutaxassis tayyorlash bo‘yicha kontraktda ko‘zda tutilgan shart-sharoitlarni yaratish;
  26. Mehnat Kodeksiga muvofiq kasaba uyushma qo‘mitalari bilan jamoa shartnomalarini tuzish;
  27. Xodimga u bajargan ishi uchun belgilangan mehnatga xaq to‘lash shartlariga muvofiq o‘z vaqtida va to‘liq xajmda xaq to‘lash hamda ta’lim oluvchilar stipendiyalarini belgilangan muddatda berilishini ta’minlash;
  28. Mehnat, ijro va o‘quv intizomini,mehnatni muhofaza qilish shart-sharoitini ta’minlash;
  29. Qonunchilikda ko‘zda tutilgan tartibga muvofiq xo‘jalik va moliya-iqtisodiyot faoliyatini boshqarish, ta’lim muassasasining barcha moddiy-texnik bazasi va mol-mulkini saqlash va ulardan samarali foydalanish hamda moliya-xo‘jalik faoliyati natijalari bo‘yicha qabul qilingan qarorlar bo‘yicha to‘liq javob berish;
  30. Axborot kommunikatsion texnologiyalarni puxta bilish;
  31. Olmaliq davlat texnika instituti Ustavi, ichki tartib-qoidalari, odob-axloq qoidalari, kiyinish madaniyati talablarini bajarilishini ta’minlash va rioya qilish.

Bilishi kerak:

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident Farmonlari va Farmoyishlari, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi va Sog‘liqni saqlash hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar Vazirliklarining ta’lim, sog‘liqni saqlash va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarining mohiyatini bilishi.

Malaka talablari:

  • Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlari, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va staji, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim  va ko‘nikmalar;
  • Namunaviy shaxsiy fazilatlar-intellekt, madaniyat, etakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlari, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlari;
  • OTMda bakalavr va magistrlar tayyorlash yo‘nalishlari va mutaxassisliklaridan biri bo‘yicha fan doktori yoki nomzodi ilmiy darajasi, professor yoki dotsent ilmiy unvoni;
  • Oliy ta’lim muassasasining tegishli boshqaruv bo‘g‘inlarida kafedra mudiri, fakultet dekani yoki o‘rinbosari, prorektor kabi rahbarlik lavozimlarida kamida besh yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur.
Scroll to Top