Joriy yilning 14-fevral kuni Prezidentimiz tashabbusi bilan bitiruvchi talabalarni ish bilan ta’minlash va ularning biznes g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida PQ-61-son qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq “O‘zmilliybank” AJ va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘rtasida memorandum imzolandi.
Mazkur kelishuv doirasida 2025/2026-o‘quv yili bitiruvchilari uchun institut Registrator ofisi boshlig‘i N.Nosirov tashabbusi bilan “O‘zmilliybank” AJ Olmaliq filiali “Kelajakka qadam” markazi xodimi Sh.Ermatov hamkorligida “Biznes loyihadan tayyor loyihagacha” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
Seminarda PQ-61-son qarorining mohiyati, “Kelajakka qadam” dasturi bo‘yicha imkoniyatlar hamda imtiyozli kreditlar olish shartlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javob oldilar.
Loading...

