Yoshlarga yangi imkoniyat sifatida – bitiruvchilarni ishga joylashishiga koʻmaklashuvchi, Davlat rahbarining joriy yil 14-fevraldagi «Prezident va yoshlar uchrashuvi»da imzolagan PQ-61-sonli «Kelajakka qadam» loyihasi ishga tushirilgan boʻlib, asosiy maqsad talabalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashdir.
Oʻz biznes gʻoyalarini amalga oshirish istagida boʻlgan OTMlarning bitiruvchi bosqich talabalari uchun biznes gʻoyani tayyor loyihagacha olib borish jarayonida toʻliq hamrohlik qilish va moliyalashtirish, ish bilan ta’minlashga koʻmaklashish boʻyicha davra suhbati tashkil etildi.
“Kelajakka qadam” loyihasi – yangi imkoniyatlar sari” mavzusidagi suhbat jarayonida «Kelajakka qadam» markaz menedjeri Sh.Ermatov, fakulteti dekan oʻrinbosari A.Abdullayev, fakultet talabalar koordinatori Z. Davlatbekov hamda Milliy bank Olmaliq filiali vakillari ishtirok etishdi.
Loading...

