Flat Preloader Icon Loading...

Axborot-resurs markazi

Mazifat

ABDULLAYEVA MAZIFAT SAIDUMAROVNA

Lavozimi : Axborot-resurs markazi mudirasi
Qabul vaqti : Har kuni soat 09:00 dan 17:00 gacha
Telefon : +99899 918 55 16

Umumiy ma’lumotlar

      Olmaliq davlat texnika instituti Axborot-resurs markazi “Metallurgiya va kimyoviy texnologiya”, “Konchilik ishi”, “Energetika va mashinasozlik” fakultetlariga quyidagi bo‘limlar asosida faoliyat ko‘rsatadi.

  • Ilmiy-uslubiy va axborot-ma’lumot (davriy nashrlar) bo‘limi
  • Axborot-kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo‘limi
  • Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish bo‘limi
  • Elektron axborot resurslari bo‘limi

 Hozirgi kunda ARMda 12 nafar xodim xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

                   Shulardan:                  

  • 4 nafar oliy ma’lumotli mutaxassis                                                                                              
  • 2 nafar o‘rta  maxsus ma’lumotli  mutaxassis                                                                                              
  • 3 nafar o‘rta  nmaxsus ma’lumotli nomutaxassis xodimlar xizmat ko‘rsatadi.

  Hozirgi kunda ARM ning jami fondi  14168 nom, 36971 sonni tashkil etadi.

                    Shundan:

  • Darsliklar –1750 nomda 3257 sonda
  • O‘quv qo‘llanmalar –5684 nomda 7993 sonda.
  • Badiiy adabiyotlar – 4166 nomda 8937 sonda
  • Boshqa turdagi adabiyotlar – 1985 nomda 12823 sonda
  • Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar – 583 nomda 3961 sonda
  • Lotin grafikasida– 25220 dona
  • O‘zbek kiril grafikasida -3508 dona
  • Rus tilida -8132donani tashkil etadi.                                                                 

   Axborot–resurs markazi  fondiga 2022-2023 o‘quv yilida  jami 3851 sonda yangi adabiyotlar qabul qilingan

                   Shundan:

  • Darsliklar -323 dona.
  • O‘quv qo‘llanmalar -815 dona .
  • Badiiy adabiyotlar-110 dona.

Ijtimoiy va siyosiy adabiyotlar -2603 donani tashkil etadi

     Axborot–resurs markazi 2022-2023 o‘quv yillarda filialimiz professor-o‘qituvchilari tomonidan 50 nomda 965 dona yangi adabiyotlar bilan to‘ldirildi.

    ARMda 7301 dona darslik va o‘quv qo‘llanmalarning  elektron nusxasi bilan to‘ldirilib borilmoqda

          Axborot resurs markazi faoliyatida  yangi  axborot texnologiya-laridan   foydalanishga alohida e’tibor  berilmoqda. Hozirgi kunda axborot resurslari orasida Elektron kutubxona xizmatiga talab ortib bormoqda.Elektron adabiyotlar zaxirasi filial professor- o‘qituvchilari tomonidan ma’ruza matnlari, tajriba ishlari,uslubiy qo‘llanmalar,internetdan yuklab olingan  adabiyotlar  hamda boshqa turdosh oliy o‘quv yurtlaridan  olib kelingan elektron darslik va multimediyalar hisobiga boyitib boriladi va buyurtmalarni qabul qilinganligi, ularning bajarilishi to‘g‘risidagi axborotlarni olish imkoniyatini yaralgan.

      Axborot resurs markazi zamonaviy axborot kutubxona tizimlari kompyuter jamlamasi (monoblok) 59 dona, tezkor skayner, adabiyotlarning (QRBOOK) shtrix kodli kitob javonlari bilan jihozlangan, kompyutrlar internet WI-FI tarmog‘iga ulangan. Foydalanuvchilarga tezkor va sifatli axborot-kutubxona hizmatini ko‘rsatish maqsadida https://t.me/TDTUOFARM telegramm kanali mavjud bo‘lib adabiyotlarning elektron nusxalari joylashtirilgan.

Scroll to Top