9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan mamlakatimizda o‘tkazilayotgan “Antikorrupsiya oyligi” doirasida professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari o‘rtasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish — butun jamiyatning ishi” mavzusida maqolalar tanlovi e’lon qilinadi.
Tanlovdan maqsad – jamoada huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, shaffoflik va halollik tamoyillarini yanada mustahkamlash.
Maqolalar elektron shaklda Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens-nazorat» tizimini boshqarish bo‘limiga topshiriladi.
Maqolalarni qabul qilish muddati: 1 dekabrgacha
Eng yaxshi maqolalar OAVda e’lon qilinadi.
Barcha professor-o‘qituvchilar va xodimlarni faol ishtirok etishga chorlaymiz!
Loading...

