Flat Preloader Icon Loading...

akademik mobillik

Olmaliq davlat texnika institutida akademik mobillikni tashkil qilish

I. Hamkor oliy ta’lim tashkilotlari:

1. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti;
2. Navoiy konchilik va texnologiyalar universiteti;
3. Toshkent kimyo-texnologiya instituti;

II. Akademik mobillik quyidagi maqsadlarda tashkil etiladi:

– talabalarga yetakchi ilmiy maktablar shakllangan oliy taʼlim tashkilotlarida oʻqish imkoniyatini yaratish;
– talabalarning bilim sifati va rivojlanish darajasini oshirish;
– talabalarning boshqa hududda tahsil olish zaruratini inobatga olgan holda, taʼlim olish imkoniyatini yaratish;
– xorijiy va mahalliy taʼlim tizimlari yutuq hamda tajribalari bilan tanishish;
– mutaxassislik boʻyicha amaliy koʻnikma va malakalarni egallash;
– oliy taʼlim tashkilotining hamkorlik aloqalarini oʻrnatish;
– taʼlimning integratsiyalashuvi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish.

III. Mos yoki turdosh soha boʻyicha akademik mobillikni amalga oshirmoqchi boʻlgan talaba hamkor oliy taʼlim tashkiloti bilan oʻzaro kelishuv shartnomasi boʻlgan taqdirda, quyidagi maʼlumotlar toʻplamini ilova qilgan holda rektor nomiga ariza bilan murojaat qiladi (kuzgi va bahorgi semestr oxirida elektron tarzda):

– talabaning F.I.O., fakulteti va guruhi;
– safardan maqsad;
– borishi moʻljallangan joy;
– safarga borish muddati (akademik mobillik davomiyligi kamida bir semestr yoki koʻpi bilan ikki semestr boʻlishi lozim);
– safar bilan bogʻliq xarajatlarning moliyalashtirish manbalari.

Scroll to Top