Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida ekologiya sohasida bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, tashabbuskorlikni rivojlantirish, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha faoliyatni rag‘batlantirish maqsadida tanlovlar tashkil etilmoqda.
Ekologik yoʻnalishdagi “Ekologiya bilimdoni”, “Ekologik madaniyat targʻibotchisi”, “Eng faol ekovolontyor” va “Yilning eng yaxshi ekologiya himoyachisi” nominatsiyalar bo‘yicha tanlovlarda talabalar faol ishtirok etmoqdalar.
Tanlovlarning asosiy vazifasi: yoshlarining ekologik savodxonligini oshirish, ekologik targ‘ibot-tashviqotni rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida volontyorlik harakatlarini kengaytirish, atrof-muhitni muhofaza qilishga oid eng yaxshi tashabbus va loyihalarni aniqlash hamda qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Shu maqsadda ODTIning barcha fakultetlarida tanlovlar yuqori saviyada tashkil etildi.
Loading...

