Flat Preloader Icon Loading...

Ro‘yxatga olish jarayoniga oliy ta’lim talabalari jalb etiladi

2026-yil yanvar-favral oylarida rejalashtirilayotgan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini sifatli tashkil etish maqsadida mutaxassislar tomonidan joylarda seminar-treninglar tashkil etilmoqda. Ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoniga oliy ta’lim muassasalari talabalarini jalb qilish ham rejalashtirilgan. Bu jarayonga talabalarni tayyorlash maqsadida bugun Olmaliq davlat texnika institutida seminar trening tashkil etildi. Seminarda MISSiSning Olmaliq filiali, Ipak yo ’li va innovatsiyalar universiteti hamda Angren universiteti talabalari ishtirok etishdi.

Seminarda Toshkent viloyati Statistika boshqarmasi xodimlari D.Soatmurodov, D.Qo‘shmatova va Olmaliq shahar Statistika bo‘limi boshlig‘i Sh.Isoxo‘jayev talabalarga jarayon xususida videoyo‘riqnomalar orqali batafsil tushunchalarni berishdi. Talabalarga ro‘yxatga olish jarayonlarida faol ishtirok etish zarurligi ta’kidlandi.

Scroll to Top