Flat Preloader Icon Loading...

“Qomusimiz-baxtimiz”

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – mamlakatimiz taraqqiyoti, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashda asosiy hujjatdir. Har yili 8-dekabr kuni nishonlanadigan Konstitutsiya bayrami barcha fuqarolar uchun alohida ahamiyatga ega.

Bugun Olmaliq davlat texnika instituti Yoshlar ittifoqi boshlang`ich tashkiloti hamda Metallurgiya kafedrasi hamkorligida “Qomusimiz-baxtimiz” mavzusida tadbir tashkil etildi. Talabalar Konstitutsiyaning yaratilish tarixi, unda belgilab qo‘yilgan asosiy tamoyillar va demokratik qadriyatlar haqida chuqurroq bilimga ega bo‘ldilar.

Konstitutsiya bayrami – bu faqatgina tarixiy sanaga hurmat emas, balki har bir talabaning Vatan taqdiri, uning kelajagi va jamiyatdagi o‘rni haqida o‘ylashi uchun muhim imkoniyatdir. Bu kun yoshlarni qonunlarga hurmat, mas’uliyat, fuqarolik burchini chuqur anglashga undaydi.

Scroll to Top