Registrator ofisi bo‘limi hamda Olmaliq shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘limi bilan hamkorlikda institut bosh binosida 2025/2026-o‘quv yili bitiruvchilari uchun «Karyera kuni» doirasida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Tadbirda Olmaliq shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘limi tasarrufidagi ishlab chiqarish korxonalari, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari va sog‘liqni saqlash muassasalari hamda Olmaliq shahriga yaqin hududlardagi ishlab chiqarish korxonalari o‘zlarining bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdilar.
Fakultet bitiruvchi bosqich talabalari o‘zlari qiziqqan soha va yo‘nalishlar kesimida mutaxassislardan tegishli ma’lumotlarni olishdi. jami 146 nafar bitiruvchi ushbu yarmarkada ishtirok etib, ulardan 10 nafarga yaqini o‘zlarini qiziqtirgan bo‘sh ish o‘rinlariga rezyume topshirdi.
Loading...

