Flat Preloader Icon Loading...

«Yashil makon» loyihasi doirasida keng ko‘lamli ishlar

Atrof-muhitni asrash va ekologik muvozanatni ta’minlash maqsadida yurtimizda «Yashil makon” loyihasi doirasida keng ko‘lamli ishlar davom etmoqda. Ushbu tashabbus nafaqat tabiatni go‘zallashtirish, balki aholining ekologik madaniyatini oshirishga ham xizmat qilmoqda.

Loyiha doirasida Olmaliq davlat texnika institutida ham “Mahallam tozaligi – yurtim obodligi” shiori ostida kuzgi mavsum uchun joylar tayyorlanib, 300 dan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Talabalar, professor-o‘qituvchilar va institut jamoasi birgalikda daraxt ekish aksiyasida faol ishtirok etmoqdalar.

Scroll to Top