Bugun OKMKga qarashli markaziy laboratoriyada Kimyoviy texnologiya kafedrasining filiali ochildi. Ushbu filial magistratura talabalari uchun amaliy mashg‘ulotlar, laboratoriya tajribalari va maxsus fanlardan chuqurlashtirilgan darslarni joyida, ishlab chiqarish muhitida o‘tay olishi uchun xizmat qiladi.
Tadbir davomida kafedra professor-o‘qituvchilari, magistrantlar hamda korxona mutaxassislari ishtirok etdi. Uchrashuv jarayonida: kombinatda olib boriladigan texnologik jarayonlar bo‘yicha o‘quv adabiyotlar ko‘rgazmasi namoyish etildi. Magistrlar uchun yangi o‘quv-amaliy dasturlar taqdim qilindi, ishlab chiqarish bilan uzviy integratsiyalashgan ta’lim jarayonining afzalliklari muhokama qilindi, kafedra filiali negizida muntazam ilmiy-amaliy seminarlar va darslar yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.
Yaratilgan ushbu imkoniyat magistrantlarning ilmiy salohiyatini oshirish, amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash va real ishlab chiqarish jarayonlariga bevosita bog‘langan holda malaka oshirishiga keng sharoit yaratadi.
Kafedra jamoasi filial faoliyatini yanada rivojlantirish, ishlab chiqarish bilan hamkorlikni kuchaytirish va talabalar uchun sifatli ta’lim jarayonini tashkil etishda izchil ishlarni davom ettiradi.
Loading...

