Olmaliq davlat texnika institutida professor-o‘qituvchilar, tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va magistrantlar uchun “Ilmiy maqola yozish va nashr etishda xalqaro elektron platformalardan samarali foydalanish” mavzusida seminar-trening, konsultatsiya va mahorat darsi o‘tkazildi.
Seminarda “Web of Science” xalqaro ma’lumotlar bazasining O‘zbekistondagi vakili Diana Abdimuminova ishtirok etdi. ProQuest Dissertations & Dissertations Global (PQDT Global), Web of Science, Pivot-RP kabi xalqaro platformalar imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berib, ilmiy maqola yozish va nashr etish jarayonida ulardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Seminar ishtirokchilari ilmiy izlanishlarda xalqaro resurslardan to‘g‘ri va samarali foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.
Loading...

