Olmaliq davlat texnika instituti Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakultetida «Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!» mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda institut Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi H.Xasanova, Olmaliq shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Marhabo Minavarova, Olmaliq shahar IIB HPB XKMB katta inspektori, mayor Iroda Musurmonkulova hamda Olmaliq shahar IIB HPB VYMB inspektor-psixologi, leytenant Gulnoza Islomboyeva ishtirok etishdi.
Tadbir davomida xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, oilaviy tinchlikni mustahkamlash, zo‘ravonlikning oldini olish masalalari keng muhokama qilindi.
Loading...

