Flat Preloader Icon Loading...

ODTI rektori akademik litseyda

Olmaliq davlat texnika instituti rektori v.b. texnika fanlari doktori, dotsent Xaliqulov Utkir Mirzakamolovich hamda Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori v.v.b. Djamiyev Bekzod Akramovich akademik litseyga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida akademik litsey jamoasi, o‘quvchilari hamda yaratilgan sharoitlar, ta’lim jarayoni, o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar, pedagoglar faoliyati va litseyning rivojlanish istiqbollari yuzasidan suhbat olib borildi.

Alohida e’tibor o‘quvchilarning bilim olish sharoitlari, ma’naviy-ma’rifiy muhit hamda zamonaviy ta’lim vositalari bilan ta’minlanganlik darajasiga qaratildi. Tashrif yakunida U.Xaliqulov litsey jamoasiga muvaffaqiyatlar tilab, sifatli ta’limni yanada rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Scroll to Top