Keng ko‘lamli transformatsiya jarayonlari boshlangan Olmaliq davlat texnika instituti istiqbolli reja-tadbirlarni olib bormoqda. Sanoatlashgan hududlarda ishlab chiqarishning kadrlar ehtiyojini o‘rgangan holda institut yangi ta`lim yo‘nalishlari va fakultetlar ochish masalasini kun tartibiga qo‘ygan. Shu maqsadda institut Ishchi guruhi Bekobod tumanining sanoat xarakteristikasini tahlillar asosida o‘rgandi.
Ishchi guruh a’zolari DsC S.Parmonov, PhD, dotsent O.Xasanov, PhD Sh. Qarshiboyev oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash tizimini tashkil etish masalasini tuman hokimi o‘rinbosari D.Mirzakulov bilan muhokama qildi. Zamonaviy bilim va ma’naviy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ta’limni modernizatsiya qilish hamda ilg‘or texnologiyalar asosida ijtimoiy va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish yuzasidan istiqbolli rejalar ishlab chiqildi.
Loading...

