Ayni kunlarda talabalar turar joyida Favqulodda vaziyatlar xodimlari hamda institut mas’ullari tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlarini o’rganish tadbirlari olib borilmoqda.
Xususan, Ohangaron va Olmaliq shahar FVB xodimlari, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i S.Abdujabborov, psixolog J.Sulaymonov hamda tyutorlar N.Rustamova, J.Norboyevlar tomonidan ijarada yashovchi talabalarning yashash sharoitlari o‘rganildi.
O’rganish davomida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, xonadonning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, ularning yashash joylari, dars tayyorlash uchun yaratilgan sharoitlar, gigiyena talablari va xavfsizlik masalalari o‘rganildi va kerakli tavsiyalar berildi.
Loading...

