“INFOLIB O‘ZBEKISTON” — milliy axborot-kutubxona haftaligi bo‘lib, mamlakatimizda axborot va kutubxona sohasini rivojlantirish, innovatsiyalarni joriy etish va kitobxonlikni targ‘ib qilishga qaratilgan yirik loyiha hisoblanadi.
Ushbu loyiha joriy yilning 10–14-noyabr kunlari O‘zbekiston Milliy kutubxonasida an’anaviy tarzda XIV-marotaba o’tkazildi va “INFOLIB O‘ZBEKISTON” haftaligi doirasida V Yosh kutubxonachilar forumi ham bo‘lib o‘tdi.
Forum davomida:
• zamonaviy kutubxonachilik tendensiyalari,
• raqamli axborot texnologiyalari,
• yosh mutaxassislar uchun tajriba almashish sessiyalari,
• Trening mahorat darslari va muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur haftalikda Olmaliq davlat texnika institut Axborot-resurs markazi xodimlari ham faol ishtirok etdilar.
Loading...

