Flat Preloader Icon Loading...

“Besh tashabbus” olimpiadasining hududiy bosqichida

Chirchiq shahrida “Besh tashabbus” dasturi doirasida viloyat oliy ta`lim muassasalari talabalari o‘rtasida sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni jismoniy faollikka jalb etish va sportga bo‘lgan qiziqishini oshirishdan iborat.

Musobaqalarda mini futbol, voleybol, stol tennis kabi turlar bo‘yicha bellashuvlar tashkil etildi. Talabalar jamoalari o‘zaro kuch sinashib, yuqori sport mahoratini namoyish etdilar.

Olmaliq davlat texnika institutining terma jamoasi a`zolari mini futbol va voleybol sport turlaridan faxrli 3-o‘rinni egalladi. G‘olib va faol ishtirokchilar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tadbir do‘stona muhitda o‘tib, yoshlarni sog‘lom raqobаt va jamoaviylik ruhida tarbiyalashgа xizmat qildi.

Scroll to Top