Flat Preloader Icon Loading...

Xalqaro hamkorlik uchrashuvi

oitla

Olmaliq davlat texnika instituti rektori v.b. U.Xalikulov boshchiligidagi jamoa, Texnologik mashinalar va jihozlar kafedrasi dotsenti B.Yusupov tashabbusi bilan “International Institute of Welding” (IIW) xalqaro instituti bosh direktori Luca COSTA va Xalqaro malakalash hamda standartlashtirish bo‘limi boshlig‘i Rosario RUSSO bilan videokonferensiya shaklida uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida ODTIda malakali mutaxassislar tayyorlash jarayoniga xalqaro malaka talablarini joriy etish, xalqaro tan olingan malaka toifalarini berish imkoniyatlari, shuningdek, o‘zaro samarali hamkorlik yo‘nalishlari atroflicha muhokama qilindi.

Ilmiy hamkorlik doirasida payvandlash va unga yaqin yo‘nalishlarda xalqaro ilmiy loyihalarda ishtirok etish, yuqori reytingli ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish masalalari ham muhokama qilindi.

Shuningdek, IIW instituti fondida mavjud 145 turdagi ilmiy adabiyot va resurslardan foydalanish, hamda “Welding in the World” (Q1, Scopus va Web of Science bazalarida indekslanuvchi) ilmiy jurnalining barcha nashrlariga kirish imkoniyati haqida ma’lumot berildi.

Kelgusida ODTIda xalqaro darajada tan olingan mutaxassislarni tayyorlash, payvandlash ishlab chiqarish sanoatida ISO standartlarini joriy etish va bu boradagi xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish istiqbollari belgilab olindi.

Scroll to Top