Olmaliq davlat texnika institutining faol va iqtidorli talabalar uchun Samarqand shahriga sayohat uyushtirildi. Sayohatning asosiy maqsadi — talabalarning bilim va tajribalarini oshirish, yurtimizning tarixiy-madaniy merosi bilan yaqindan tanishtirish hamda ma’naviy dunyoqarashini kengaytirishdan iborat bo‘ldi.
Talabalar sayohat davomida Samarqandning jahonga mashhur tarixiy obidalari — Registon maydoni, Go‘ri Amir maqbarasi, Bibixonim masjidi, Shohizinda majmuasi va Ulug‘bek rasadxonasi kabi inshootlarda bo‘lishdi. Har bir manzilda talabalar yodgorlikning tarixiy ahamiyati, me’moriy uslubi va uning dunyo tamaddunida tutgan o‘rni haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’lishdi.
Sayohat nafaqat ta’limiy, balki madaniy va ma’naviy jihatdan ham samarali o‘tdi. Talabalar o‘zaro muloqot qilishdi, jamoaviy ruh va do‘stlik muhitini yanada mustahkamlashdi. Ular Samarqand shahrining obodligi, mehmondo‘stligi va boy tarixi haqida ijobiy taassurotlar bilan qaytishdi.
Loading...


