Flat Preloader Icon Loading...

O’quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i

ParmanovS

PARMONOV SARVAR TOSHPO’LATOVICH

Lavozimi : O’quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i
Ilmiy darajasi : Dotsent, texnika fanlari doktori (DSc)
Qabul vaqti: 9:00 dan 17:00 gacha
Telefon : +998-91-991-11-22
E-mail : info@odti.uz

MEHNAT FAOLIYATI

2011 – 2015 yy.       Navoiy davlat konchilik instituti talabasi.
2015 – 2017 yy.       Navoiy davlat konchilik instituti magistranti.
2017 – 2018 yy.       Navoiy kon – metallurgiya kombinati Markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi apparatchigi
2018 – 2020 yy.       Navoiy kon – metallurgiya kombinati Markaziy loyihalash byurosi texnologik guruhi muhandisi.
2019 – 2020 yy.       Navoiy davlat konchilik instituti «Metallurgiya» kafedrasi assistenti (0.25 shtat).
2020 – 2022 yy.       TDTU “Materialshunoslik” kafedrasi tayanch doktoranti.
2020 – 2023 yy.       Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi.
2020 – 2021 yy.       TDTU “Materialshunoslik” kafedrasi katta o‘qituvchisi (0.25 shtat).
2021 – 2022 yy.       TDTU Olmaliq filiali “Metallurgiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi (0.25 shtat).
2022 – 2023 yy.       TDTU Olmaliq filiali “Metallurgiya” kafedrasi v.b dotsenti.
2023 – 2025 yy.       TDTU Olmaliq filiali “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi mudiri.
2023 – 2024 yy.       TDTU Olmaliq filiali “Metallurgiya” kafedrasi v.b dotsenti (0.5 shtat).
2025.02 – 2025.10.21. yy  TDTU Olmaliq filiali O‘quv-usluviy boshqarma boshlig‘i.
2025.10.22 h.v. Olmaliq davlat texnika instituti O‘quv-usluviy boshqarma boshlig‘i.

Ilmiy loyihalari:

“Ruda maydalovchi drobilka detallarini tayyorlash uchun qattiq qotishmaning yeyilishga bardoshli tarkibini ishlab chiqish va uni tadqiq qilish” (2022-yil) hamda “Yeyilishga bardoshli volfram karbid-kobalt asosli qattiq qotishmalarni olishning yangi texnologik tamoyillarini ishlab chiqish” (2025-yil) mavzusidagi ilmiy loyihalarga rahbarlik qilgan.

Xorijiy malaka oshirish va stajirovkalar:

Quyidagi dasturlar bo‘yicha malaka oshirish kurslarini tamomlagan:

“Shvetsiyada integratsiyalashgan loyiha asosida o‘qitish metodikasi: oliy ta’lim tizimining ilg‘or tajribasi” kursida malaka oshirgan (72 akademik soat, Stokgolm universiteti, Qirollik texnika universiteti va Albano ilmiy-ta’lim majmuasi, 2024-yil 10–20-mart, Stokgolm, Shvetsiya);

“Ruda maydalovchi maydalagich detallarini tayyorlash uchun yeyilishga bardoshli qattiq qotishma tarkibini ishlab chiqish va uni tadqiq qilish” kursida malaka oshirgan (288 akademik soat, Belarus Milliy Texnika Universiteti, 2024-yil 28-oktyabr – 27-dekabr, Minsk, Belarus).

Xalqaro konferensiyalar:

Quyidagi xalqaro konferensiyalarda ma’ruzalari bilan ishtirok etgan:

Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlarning “Yosh olimlari II-konklavi” (Jawaharlal Nehru markazi, 2023-yil 4–11-fevral, Bengaluru, Hindiston);

“Foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlashning innovatsion texnologiyalari” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya (Tojikiston kon-metallurgiya instituti, 2023-yil 19-may, Bo‘ston, Tojikiston);

“Konchilik arxitekturasi va qurilish muhandisligi bo‘yicha geota’lim” xalqaro gibrid konferensiyasi (Satbayev universiteti, 2023-yil 14–17-iyun, Olmaota, Qozog‘iston);

“Kattalar qo‘shimcha ta’limining zamonaviy tendensiyalari” VII xalqaro ilmiy-uslubiy konferensiyasi (2024-yil 15-noyabr, Minsk, Belarus);

“Quymachilik va metallurgiya” mavzusidagi 32-xalqaro ilmiy-texnik konferensiya (2024-yil 20–22-noyabr, Minsk, Belarus);

“Qotishmalar metallurgiyasi – 2025” xalqaro ilmiy-texnik konferensiyasi (2025-yil 5–6-iyun, Mogilev, Belarus).

  1. O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA BOSHLIG‘INING LAVOZIM VAZIFALARI:
  • Boshqarma faoliyati va xodimlar mehnatini tashkil qilish;
  • Boshqarmaning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;
  • Olmaliq davlat texnika institutida dekanatlar, kafedralar, bo‘limlarning o‘quv-uslubiy faoliyatlarini muvofiqlashtirish;
  • O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, shuningdek, rektor buyruqlarining ijrosini ta’minlash;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati tomonidan qabul qilingan Farmon va Qarorlar mazmunini kafedralarga, professor-o‘qituvchilarga va talabalarga yetkazib borilishida ishtirok etish;
  • Olmaliq davlat texnika institutining Kengashi, markaziy uslubiy hay’ati, fakultetlar ilmiy kengashlarining o‘quv jarayonini tashkil qilish va ta’minlash haqidagi qarorlarining bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
  • Bakalavriat talabalarning Davlat attestatsiyalari va magistratura talabalarining bitiruv malakaviy ishlari himoyalarini tashkil qilish va o‘tkazishda ishtirok etish;
  • O‘quv jarayonini ta’minlash masalalari bo‘yicha o‘quv-yordamchi xodimlar va o‘quv ishlari bo‘yicha mas’ullar faoliyatini shakllantirish;
  • Olmaliq davlat texnika instituti bitiruvchi mutaxassislarni ishga taqsimlash va yo‘naltirish bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazishda ishtirok etish;
  • Dekanatlarning o‘quv yili bo‘yicha hisobotlarini umumlashtirish va Olmaliq davlat texnika institutining o‘quv ishlari bo‘yicha yillik umumiy hisobotini tuzish;
  • Ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha “Ishchi o‘quv reja”lari va “O‘quv jadval”larini tuzish;
  • Ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv yili uchun “Dars jadval”larini ishlab chiqilishini shakllantirish va tashkil qilish;
  • Talabalar kontingentining yillik hamda chorak hisobotlari tayyorlanishini ta’minlash;
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 20 avgustdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari to‘g‘risida”gi Nizomga asosan malaka oshiruvchi pedagoglar kontingentini shakllantirish hamda rejalar ishlab chiqish, pedagoglarni malaka oshirish  markazlariga reja asosida yuborishni ta’minlash;
  • Malaka oshirish markazlarida yakuniy imtixonlardan o‘tmagan pedagoglarni qayta o‘qishlarini nazorat qilish va natijalari to‘g‘risida rektorga ma’lumot taqdim qilish;
  • Talabalarga stipendiyalar tayinlanishining qonuniyligini va xolisonaligini tekshirish ishlarida ishtirok etish;
  • Talabalar bilimini baholash reyting tizimini shaffofligini ta’minlash yuzasidan rejali tekshirishlarda ishtirok etish;
  • Professor-o‘qituvchilar tomonidan yillik shaxsiy rejalarida belgilangan o‘quv- uslubiy ishlarini xaqiqiy ijrosini ta’minlash;
  • Professor-o‘qituvchilar tomonidan amaliy mashg‘ulotlar, ma’ruzalar, va o‘quv mashg‘ulotlarini belgilangan o‘quv jadvali va rejasi asosida o‘tkazilishini shakllantirish va tashkil etish;
  • Talabalarning akademik qarzdorliklari va o‘zlashtirishlari holatini tahlil qilib borish va tegishli takliflar tayyorlash;
  • Axborot kommunikatsion texnologiyalarni puxta bilishi;
  • Olmaliq davlat texnika institutining ichki tartib-qoidalari, odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyati talablariga rioya qilish;

Bilishi kerak:

O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlarining mohiyatini bilishi.

Malaka talablari:

  • Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;
  • Namunaviy shaxsiy fazilatlarga, intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga;
  • Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
  • Bo‘lim yo‘nalishi bo‘yicha kamida 3 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur.
Scroll to Top