Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom asosida bugun TDTU Olmaliq filialida suhbat jarayonlari tashkil etildi.
Filial direktorining joriy yil 27-iyuldagi buyrug‘iga asosan texnikum bitiruvchilari uchun konchilik ishi, metallurgiya, kimyoviy texnologiya, mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishni jihozlash va avtomatlashtirish hamda texnologik mashinalar va jihozlar ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bugun talabgorlar uchun suhbat jarayoni o‘tkazildi.
Tashkil etilgan suhbat jarayonida YouTube orqali onlayn kuzatish, ota-onalar uchun alohida kutish xonalarida ovozli translyasiya uzatish hamda videoyozuvlarni uch yil muddat davomida saqlanishini ta’minlash kabi chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Mazkur Olmaliq davlat texnika institutining «Odob-axloq kodeksi» O’ zbekiston Respublikasi «Ta’ lim to’ g’ risida»gi qonuni, O’ zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi,…
Ilgari xabar qilganimizdek, «Eng faol texnolog” tanlovi muvaffaqiyatli yakunlandi va eng faol, tashabbuskor hamda ijodkor ishtirokchilar munosib ravishda taqdirlandi. Tanlov davomida o‘z bilimini amaliyot bilan…